avtosoz.uz
HUJJATLAR

Hisobni o‘chirish

Yangilangan: 2026-09-21

Bu sahifada AvtoSoz hisobingizni va u bilan bog‘liq ma‘lumotlarni qanday o‘chirish mumkinligi tushuntirilgan.

1. Qaysi hisob sizda?

  • Haydovchi hisobi — Telegram Mini App orqali kiriladi, garaj va servis tarixi shu hisobda.
  • Servis xodimi hisobi — mobil ilova va Web CRM uchun email va parol; uni ish beruvchingiz (servis egasi yoki administratori) yaratgan.

2. Haydovchi hisobini o‘chirish

So‘rovni ikki yo‘ldan biri bilan yuboring:

So‘rovda hisobga bog‘langan telefon raqami yoki Telegram username‘ini ko‘rsating — hisobni topish va egaligini tasdiqlash uchun shu kerak. Boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi.

3. Servis xodimi hisobini o‘chirish

Bu hisob tashkilotga tegishli, shuning uchun uni odatda ish beruvchingiz CRM‘dagi “Xodimlar” bo‘limidan o‘chiradi yoki faolsizlantiradi — shundan keyin ilovaga kirish darhol to‘xtaydi. Agar tashkilot bilan bog‘lana olmasangiz yoki tashkilotning o‘zi butunlay yopilgan bo‘lsa, support@avtosoz.uz manziliga yozing.

4. Nima o‘chiriladi

  • profilingiz: ism, telefon raqami, elektron pochta, Telegram bog‘lanishi;
  • garajingizdagi avtomobillar va ularning ma‘lumotlari (davlat raqami, probeg, moy afzalligi);
  • til va xabarnoma sozlamalari;
  • kirish ma‘lumotlari va faol sessiyalar;
  • loyalty hisoblagichingizning shaxsingizga bog‘liq qismi.

5. Nima qolishi mumkin va nega

  • Tashrif yozuvlari — bajarilgan ish, sana va summa servisning buxgalteriya va kafolat hujjati hisoblanadi. Ular servisda qonunda belgilangan muddat davomida qolishi mumkin; imkon qadar shaxsingizga bog‘lanish uziladi.
  • Texnik loglar — xavfsizlik uchun cheklangan muddat saqlanadi, so‘ng avtomatik o‘chadi.
  • Zaxira nusxalar — o‘chirilgan ma‘lumot zaxira nusxalarda qisqa muddat qolib, keyin avtomatik o‘chiriladi.
  • Qonun yoki sud qarori saqlashni talab qilgan ma‘lumotlar shu talab doirasida saqlanadi.

6. Qancha vaqt ketadi

So‘rovni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqamiz va bajarilgani haqida o‘sha kanal orqali (email yoki Telegram) javob beramiz. Agar hisob egaligini tasdiqlash uchun qo‘shimcha savol kerak bo‘lsa, muddat javobingizdan keyin hisoblanadi.

7. Muhim eslatma

O‘chirish qaytarib bo‘lmaydi: garaj, avtomobil ma‘lumotlari va loyalty hisoblagichingiz tiklanmaydi. Keyinroq qaytsangiz, hammasini boshidan kiritishingiz kerak bo‘ladi. Faqat xabarnomalardan charchagan bo‘lsangiz, hisobni o‘chirmasdan ularni o‘chirib qo‘yishni so‘rashingiz mumkin.

8. Aloqa

support@avtosoz.uz · Telegram @avtosoz_support. Ma‘lumotlar qanday qayta ishlanishi — Maxfiylik siyosatida.

Savollar bo‘yicha: support@avtosoz.uz · Telegram @avtosoz_support · +998 77 047 44 88